Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Yangiliklar
  • 13-02-2026, 11:28

,,Nazm bo'stonida ikki buyuk chinor "

Fevral — tarixda muhrlangan buyuk siymolar oyi

Fevral oyida xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolar — so‘z va tafakkur sultoni Alisher Navoiy (9-fevral) hamda buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur (14-fevral) tavallud topgan kunlar nishonlanadi. 
  Ushbu sana munosabati bilan Yangiariq tumani 29-son maktabda 13-fevral kuni ,,Nazm bo'stonida ikki buyuk chinor " nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
  Boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda o'quvchilar ulug' mutafakkir bobolarimiz hayot va ijod yo'liga murojaat qilishdi.Tadbirni maktab direktori Sh.Asqarova ochib berib,Navoiy va Bobur shaxsining o'ziga xos jihatlariga to'xtaldi.

 O'quvchilar tomonidan sahnalashtirilgan raqs va sahna ko'rinishlari,ijro etilgan g'azal va ruboiylar tadbirga fayz bag'ishladi

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@www.yangiariq29-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili