Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Yangiliklar
  • 12-03-2026, 11:15

,,G'azal mulkining sultoni"

9-fevral–buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.Sana munosabati bilan Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 29-son maktabda Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to'lishi munosabati bilan ,,G'azal mulkining sultoni" nomli tadbir o'tkazildi.

  Tadbirni Yangiariq tumani hokimi o'rinbosari Dilshod Matyakubov ochib berdi.,,Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi rahbari Azimboy Madrahimov ham Navoiy ijodiga to'xtalar ekan,u zotning tuganmas mazmunga ega hikmatlarini e'tirof etdi.
   Maktab o'quvchilari tomonidan Navoiy bobomiz ijodiga oid ruboiy,g'azallar ijro etilib,sahna ko'rinishlari va raqslar sahnalashtirildi.Tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirganligi uchun maktab direktori Shoira Asqarova tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
  Tadbir mehmonlari bo'lgan ,,Adolat" SDP rahbari Barno Sapayeva tadbir yakunida Alisher Navoiy ijodi barcha zamonlarda ham o'zining ahamiyatini yo'qotmasligini ta'kidlab,tadbir tashkilotchilariga partiyaning tashakkurnomalarini taqdim etdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@www.yangiariq29-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili